Futbolchilarni Individual Rivojlantirish Dasturi
Jahon futbolida har bir mamlakat futbolining boshqalardan farqli o`ziga xos ustunliklari va kamchiliklari bor. Jumladan yurtimiz futbolining ham. Ustun tomonlarimizga kelsak, yevropaliklar bilan bahslasholmasak ham Osiyo davlatlari ichida nisbatan afzal jihatlarimizga egamiz. Kamchiliklarimiz sifatida esa, futbol tizimimiz va futbolchilarni tayyorlashdagi ayrim yetishmovchiliklarni aytishimiz mumkin. Shu muammolardan kelib chiqib hozircha TTS jamiyati futbolchilarni individual tayyorlash jarayoniga ko`proq etibor qaratmoqda. Xususan Yevropada ham futbolchini xususiy tashkilotlar o`z nazoratiga olib, yakka tartibda tayyorlashi rivojlangan.
Hozirgi zamonaviy futbolda puxta tuzilgan programma bo`yicha harakat qilish natijasida o`rtameyona sportchilar o`z imkoniyatlarini maksimal darajada ko`rsata olish hisobiga yuqori ko`rsatkichlarga erishishmoqda va aksariyat hollarda ularning yulduz darajasigacha ko`tarilishida bu professional sport rejimi katta ro`l o`ynamoqda. O`sha jahonga mashxur futbolchilar ham o`z kundalik rejimiga professional darajada yondashib, puxta ishlangan dastur bo`yicha harakat qilmaganlarida va o`z shaxsiy murabbiylari yordamidan foydalanmaganlarida hozirgi mavqelariga ko`tarila olishmagan bo`lishardi. Futbolchilar bilan aloqalarimizdan kelib chiqib ayta olamizki, har bir o`yinchi o`z ustida qo`shimcha ishlab yuqori darajadagi karera yaratishni, top klublar safida o`ynashni orzu qiladi. Lekin, mustaqil ravishda muntazam ishlab borishga, mashq qilishga doim ham o`zida kuch topolmaydi. Chunki barchamizda ham iroda darajasi cheklangan bo`ladi. O`zaro hamkorlikdagi harakatlar orqali esa bu muammolarni chetlab o`tish mumkin.
Xullas, ishlash tartibi bilan tanishtirsak; agar qachonki futbolchi TTS tizimi bo`yicha mutaxassislarimiz bilan ishlashga qaror qilsa, tayyorlov jarayoni quyidagicha boshlanadi. Avval TTS murabbiyi, dietologi va futbolchi birgalikda futbolchining jamoasi murabbiylar shtabining talab istaklarini hisobga olgan holda futbolchi uchun kundalik rejim programmasi tuzib chiqishadi va o`sha bo`yicha harakatni boshlashadi. Bu programmada asosan futbolchining quyidagi harakatlari futbolchiga biriktirilgan TTS murabbiyi tomonidan nazorat qilinadi. Ya`ni dietik tartibi, to`g`ri dam olishi, individual mashg`ulotlari, bo`sh vaqtida meyorida hordiq chiqarishi, muhim o`yinlar oldidan jamoa murabbiyi ko`rsatma va topshiriqlari puxta o`zlashtirilishi, mashg`ulotlarga kuchli motivatsiya va qiziqish bilan yondashishi. TTS mutaxassislari talab qilinadigan turli bilim va malakalarga ega ekanliklari sabab futbolchilar bilan oson til topishishadi va qisqa fursatda kerakli natijalarga erisha olishadi.
Biriktirilgan murabbiyni vazifalari haqida kengroq ma`lumot.
1. Individual mashg`ulotlar va boshqalar. Biriktirilgan murabbiy boshqaradigan individual mashg`ulotlar miqdori va tartibi futbolchining jamoasi murabbiyi qatiy belgilab bergan chegaradan oshirilmagan holda belgilanadi. Vaziyatga ko`ra bazida yengil bazida esa og`irroq mashqlar tanlanadi. Agarda futbolchining futbolga bog`liq yoki boshqa muammo, masalalari bo`lsa, qandayki, muhim chempionat o`yinlariga bor etibori bilan yondashishiga to`sqinlik qiluvchi, bu muammolarni futbolchi bilan maslahatlashgan holda bartaraf qilishga harakat qilinadi.
2. Futbolchini ruhiyatini ko`tarish va nazorat qilish. Tashkilot o`z futbolchisini imkon doirasida nazorat qilib boradi va uning sog`ligi, ruhiyati, harakatlari, kelajagi haqida doimo qayg`uradi va shunga ko`ra jarayonlarni tashkillashtiradi. Jiddiy musobaqalar payti mutaxassislar birgalikda ishlab, futbolchining ruhiyatini maksimal darajagacha ko`tarishga, o`ziga bo`lgan ishonchini yanada oshirib chempionatda bor imkoniyatini kursatishi uchun harakat qilishadi. Bo`lajak raqib jamoalar haqida video materiallar birgalikda taxlil qilinadi va oldindagi o`yinga puxta tayyorgarlik ko`riladi.
3. Futbolchi bilan klub murabbiyi o`rtasida vositachilik. Shaxsiy murabbiy vaziyati kelganda o`yinchi va jamoa murabbiyi o`rtasida vositachilik qilishi, futbolchi erkin o`ynab o`zini ko`rsatishi uchun halaqit qilayotgan bazi noqulayliklar va muammoli masalalarda yordam berishi mumkin. Kelib chiqadigan boshqa muammolarni bartaraf etishda ham futbolchi bilan birgalikda turib harakat qiladi.
4. Futbolchini kamchiliklari ustida ishlash. Biriktirilgan murabbiy futbolchini har bir o`yinini, matchlardagi har bir harakatini stadionda turib kuzatgan holda yozib, tahlil qilib, baholab boradi. O`yin davomida uni qo`llab quvvatlaydi, yo`l qo`yilgan xato kamchiliklarini bahsdan keyin birgalikda tahlil qilib, ularni ustida futbolchi bilan ishlab boradi. Bu uni boshqa jamoadoshlariga nisbatan tezroq mahorati oshib borishini taminlaydi.