Biz Haqimizda
Turon Training System - shu nomli jamiyat a`zolari tomonidan ishlab chiqilgan loyihadir.
Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad - o`zbek futbolini yanada rivojlanishiga o`z imkoniyatlarimiz, bilim va aql zakovatimiz, masalalarga yangicha yondashuvimiz, o`z kreativ uslublarimiz va dinimiz qoidalarida ilgari suriladigan halol va pok ishlash prinsiplarimiz bilan xizmat qilib, mamlakatimizning jahondagi sport sohasidagi o`rnini bundanda yuksalishiga o`z hissamizni qo`shishdir.
Tarixda, Turon xalqlaridan yetishib chiqqan bobolarimiz, erishgan o`z ilmiy natijalari bilan jahon olimlari hurmatiga sazovor bo`lgan. Sivilizatsiyasi, harbiy qudrati, rivojlanish darajasi bo`yicha O`rta Osiyo turkiy xalqlari 18 - asrgacha dunyoning kuchli 20 taligida o`rnini saqlab kelgan.
Turon Training System jamiyatining maqsadi - sport orqali qadim Turon xalqlarining buyuk ajdodlari kabi aqlli, kuchli sportchilarni tayyorlab tarbiyalab chiqarishdir.
Barchamizga ma`lum, yurtimizda so`ngi 20 yil ichida futbol taraqqiyoti uchun ko`pgina muhim ishlar amalga oshirildi. Bularni natijasida Osiyoda o`smirlar va yoshlar futbolida mustahkam o`rnimizga ega bo`ldik. Muntazam ravishda iste`dodli kadrlar yetishib chiqishi yo`lga qo`yildi. Lekin, terma jamoalar ko`rsatkichlari bo`yicha kamchiliklarimiz hozircha yetarli.
TTS jamoasi mamlakatimizdagi futbolga aloqador voqealarni, o`zgarishlarni uzoq yillardan beri muntazam kuzatib, tahlil qilib keladi. Va shuningdek, O`zbekiston futbolini jahondagi o`rni, uning o`ziga xos ustun va zaif tomonlari haqida o`z shaxsiy qarashlariga ega.